Huawei 1
Samarqandda uy olish uchun 13 yoshli qizini pullagan ona qamaldi

Asli qashqadaryolik bo‘lgan 41 yoshli ayol tirikchilik uchun Samarqandga kelib, o‘zining 13 yoshli qizini pullashga urindi

U xaridor ayolga o‘z qizini 25 ming AQSH dollariga baholab, restoranda o‘tirganida qo‘lga olingan. Ayolning yonidan qizini sotishdan olgan pullar topilgan.

"Qizingizni farzandlikka bering, dedi. Bilmasam, chaqaloqligidan o‘zim katta qilganman, dedim. Uy-joyingiz yo‘q ekan. Shu qizingiz evaziga biz sizga bitta uy olib beramiz, dedi. Uylarni ko‘rib, 25 ming dollarlik uyni tanladim. Qilgan ishimdan pushaymonman", - deydi qizini sotmoqchi bo‘lgan ona.

Sud hujjatlarni o‘rganib, hukm o‘qidi. Unga ko‘ra, ayol JKning 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Uning farzandlari esa davlat himoyasiga olindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92419 | Инструменты