Huawei 1
Samarqandda yangi tug'ilgan chaqaloq chiqindixonaga tashlab ketildi

Samarqand shahri Qorasuv dahasidagi chiqindixona yaqinida chala tug‘ilgan chaqaloq o‘lik holda topildi

"Ertalab 07:30 larda ish joyimga keldim. Atrofni tozalayotgan edim, shu chaqaloqchani ko'rib qoldim. Boshi va qo'li tilingan edi. Menimcha itmi tilgan deb o'yladim. Uning kiyimi ham yo'q edi. O'lik chaqaloq edi" deya voqeani aytib berdi Obodonlashtirish boshqarmasi xodimi.

Xodim shu zahoti Ichki ishlar organiga xabar berganini qo'shimcha qildi. 

Qayd etilishicha, ushbu hodisa sodir bo‘lgan hududda kuzatuv kameralari o‘rnatilmagan.

13-oilaviy poliklinika akusher ginekologi Aziza Berdiyeva so‘zlariga ko‘ra, chaqaloq 22 haftalik va kindigi kesilmagan homilaga mos keladi.

"U 4−5 soat oralig‘ida tug‘ilgan bo‘lishi mumkin. Davlat tug‘uruqxonalariga murojaat qilmay, uyda qilingan tug‘ruqqa o‘xshadi. Rivojlanishi normal, qo‘l-oyoqlari butun, tirnoqlari shakllangan, 500 gramm atrofidagi qiz jinsli chaqaloq", dedi shifokor.

Holat yuzasidan Samarqand shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkentda yangi tug‘ilgan chaqaloq ko‘chaga tashlab ketilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21101 | Инструменты