Joriy yilning 4 fevral kuni soat 19:10 da Oqdaryo tumanidan o‘tuvchi M37 avtomobil yo‘lining 34-kilometrida xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xodimi to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan Cobalt avtomobilining yoniga kelib, haydovchidan hujjatlarini so‘ragan.
Haydovchi yo‘l patrul xodimiga meʼyoriy hujjatlarni taqdim qilmasdan, qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan harakatni davom ettirib ketgan.
"Yo‘l patrul xizmati xodimidan qochib, qamoqqacha yetib keldim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Xodimning oila-aʼzolaridan ham kechirim so‘rayman. Barcha haydovchilar Gai to‘xtatganda to‘xtasin, menga o‘xshab bu vaziyatga tushib qolmasin",- deydi haydovchi.
Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq ham Samarqandda YPX xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan inspektorning hayoti uchun xavfli harakatlar sodir etgan haydovchi qamoqqa olingani haqida xabar qilingandi. Shuningdek, Buxoroda YPX xodimini urib yuborgan fuqaroga nisbatan jinoiy ish ochilgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20617 | Инструменты