Huquq-tartibot organlari tomonidan fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga yuborish bilan bog‘liq qator noqonuniy holatlarga chek qo‘yildi.
Xususan, Urgut tumanida fuqarolar S.A. va S.M. fuqarolar A.N. va B.T.ning ishonchiga kirib, ularni 22 000 dollar evaziga AQSHga yuborishini vaʼda qilib, oldindan 15 400 dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Uchtepa tumanida fuqaro X.I. fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida 2 500 dollar evaziga Litvaga ishga borishi uchun hujjatlarini rasmiylashtirib, viza olib berishini aytib, shundan 1 500 dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Navoiy shahrida fuqarolar N.Sh. va N.B. fuqaro M.S.ning ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreyaga 6 oylik mavsumiy ishga yuborishi evaziga 2 000 dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Bekobod shahrida fuqaro M.Sh. fuqarolar B.D. va S.D.ni Turkiyaga borishi uchun tanishlari orqali deportini yechib, viza olib berishi evaziga 1 000 dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120422 | Инструменты