“Qanot Sharq” mahalliy aviakompaniyasining Sankt-Peterburg — Samarqand yoʻnalishida parvoz qilayotgan HH786 reysi yoʻlovchilardan birining sogʻligʻi yomonlashgani sababli Aqtoʻbe (Qozogʻiston) xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga qoʻnishga majbur bo'ldi. Ekipaj bortga oldiga tez yordam mashinasini so'ragan.
Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 14:48 da Aqto‘bega qo‘ngan. Samolyot yaqin vaqt ichida Samarqand aeroportiga uchib ketishi rejalashtirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122622 | Инструменты