Huawei 1
Senatning 53-yalpi majlisida bosh prokuror lavozimiga nomzod ko‘rib chiqiladi

Bugun, 20-iyun kuni Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Unda Senatning ellik uchinchi yalpi majlisini 2024-yil 21-iyun kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Taʼkidlanganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi, “Kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida»gi  O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonunlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, senatorlar “Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yana-da takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga  qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi hamda “Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kasaba uyushmalari tashkilotlarini hisobga qo‘yish tartibi belgilanayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonunlarni ham ko‘rib chiqadi.

Bundan tashqari, yalpi majlisda “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual  kodekslariga hamda  O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga giyohvandlik vositalarining, ular analoglarining yoki psixotrop moddalarning, shuningdek kuchli taʼsir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga xilof muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunni ham muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “Tovar belgilari bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi Singapur shartnomasini (Singapur, 2006-yil 27-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunlar ham ko‘rib chiqiladi.

Senatorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini taʼminlash chora-tadbirlari ijrosini, Samarqand viloyati mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha ishlar holati haqidagi masalalarni muhokama qiladi.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisini saylash,  O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92813 | Инструменты