Sergelida 3 ta mashina ishtirokida daxshatli YTH sodir boʻlgani haqida xabar berilgan edi. Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, holat 9-iyul kuni soat 19:40 larda sodir boʻlgan.
Yoʻl transport hodisasi 1981-yilda tugʻilgan (ayol) D.U. boshqaruvida boʻlgan Spark, 1984-yilda tugʻilgan (erkak) A.A. boshqaruvida boʻlgan Spark va 2002-yilda tugʻilgan (erkak) I.M. boshqaruvida boʻlgan Honda ishtirokida qayd etildi.
YTH oqibatida Spark yoʻlovchisi 33 yoshli ayol shifoxonada vafot etgan, haydovchi ayol esa shifoxonaga yotqizilgan.
Shuningdek, Honda yoʻlovchisi 22 yoshli qiz ham tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122704 | Инструменты