Adliya vazirligi jamoatchilik muhokamasi uchun chiqargan qonun loyihasiga ko‘ra, shaxslarni tasvirga yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan tashqi belgilar yig‘indisi olish faqat ushbu shaxsning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi belgilangan.
Bunda quyidagilar istisno:
⁃ xizmat vazifasini bajarishda davlat xizmatchilarini suratga olish;
⁃ to‘y yoki boshqa ommaviy tadbirlarda umumiy jarayonni tasvirga tushirish;
⁃ hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan manbadan olingan tasvirlar;
⁃ xavfsizlikni taʼminlash maqsadida o‘rnatilgan kuzatuv kameralarida olingan tasvirlardan foydalanishda ruxsat talab qilinmaydi.
Shuningdek, MJtKga shaxsiy hayot daxlsizligini buzish maqsadida axborotni nooshkora olishga mo‘ljallangan vositalardan foydalanganlik uchun jarima qo‘llash nazarda tutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31819 | Инструменты