Huawei 1
Sherzod Shermatov o‘zbek yutuberlariga ko‘proq daromad topish uchun inglizcha kontent tayyorlashni tavsiya etdi

O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasiga cheklov qo‘yilgan. Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov fikricha, bunday vaziyatda ingliz tilida kontent qilgan maʼqul.

Toshkent shahrida “Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi” davom etmoqda. 23-oktyabr kuni haftalik doirasida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga oid muloqot bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida Sherzod Shermatov jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Vazir suhbat mobaynida O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasi yopiqligi masalasiga munosabat bildirdi.

“Mening tavsiyam YouTube’da ko‘proq chetga ishlashga harakat qilish kerak. Chunki monetizatsiya ingliz tilida juda ham katta. Masalan, Marg‘ilonda Inha universitetini bitirgan talabani ko‘rib qolgandik. U 3D printerlar renderini “obzor” qilib beradi. Bir kanaliga kirib ko‘ring, relslari 30 million martalab ko‘rilgan. Chunki ingliz tilidagi auditoriya juda katta. Shuning orqasidan oyiga o‘rtacha 5 ming dollar daromad topyapti. Siz o‘zbekcha kontent qilib qancha daromad topasizu, inglizcha tayyorlasangiz qancha topasiz. Shuning uchun tayyor ishlab turgan monetizatsiya mexanizmidan ko‘proq foydalanish kerak. Ingliz tili kabi talabgor tillarda ko‘proq kontent qilish kerak. Mening taklifim shu. Bizda qachon monetizatsiya ochiladi, buni kompaniyadagilar (YouTube –tahr.) hal qiladi”, — dedi vazir.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102414 | Инструменты