Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sirdaryo viloyati prokurorining katta yordamchisi boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashina to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashina salonida 50 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, unga mazkur dori vositalarini sotgan Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida istiqomat qiluvchi, 1997-yilda tug'ilga fuqaro Toshkent shahrida qo‘lga olindi va undan ham 300 dona “Zardeks” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Taʼkidlash lozimki, ushbu kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari Qirg‘iz Respublikasidan noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin qariyb 14 ming dona psixotrop va kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo'yilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20715 | Инструменты