Huawei 1
Sirdaryoda 14 yoshli bola kanalda cho‘kib ketib, halok bo‘ldi

Joriy yilning 18 may kuni Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida 14 yoshli bola cho‘milish uchun kanalga borib, cho‘kib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Oydin” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Do‘stlik kanaliga cho‘milish uchun borgan 2011 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan fuqaro A.X. ehtiyotsizlik oqibatida ushbu kanalda cho‘kib ketgan.

Viloyat FVB g‘avvos-qutqaruvchilari tomonidan olib borilgan suvda qidiruv-qutqaruv tadbirlari natijasida kecha, 19 may kuni bolaning jasadi suvdan olib chiqilgan.

Bildirilishda, hozirda mazkur holat yuzasidan Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52116 | Инструменты