Ularning to‘rt nafari sog‘aygan, uch nafari shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolanmoqda
Sirdaryo viloyatida “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dorilari yetti nafar bemor bolaga nojo‘ya ta’sir qilgan. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Oltinoy Esanova viloyat televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Aytilishicha, bemor bolalarning to‘rt nafari sog‘aygan, uch nafari shifoxonaning jonlantirish bo‘limida davolanmoqda.
Guliston shahar tibbiyot boshqarmasi bosh shifokori Yusuf Mirxonov esa 3-yanvar kuni ikki nafar bola Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialida shifokorlar nazorati ostida davolanayotganini ma’lum qilgan.
Bemor bolalarda yuqori harorat, ishtahasizlik, nafas yo‘llarining shamollashi, peshob chiqishi va buyrak bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan.
Qayd etilishicha, ularga belgilangan tartibda yordam ko‘rsatilib, gemodializ bo‘limida gemodializ muolajalari o‘tkazilmoqda. Bundan oldingi holat Farg‘onada 3 yoshli bola bilan sodir bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, Sog‘liqni saqlash vaziri Quramax'ning barcha dorilari savdosini to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12907 | Инструменты