Huawei 1
Marg‘ilondagi AGTKSh 456 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy  foydalanganligi aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Marg‘ilon shahrida joylashgan “S.F.G” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shahobchasida elektron gaz hisoblagich konfiguratsiyasiga gaz quvuri diametri 100,09 mm bo‘lishi o‘rniga 109,09 mm kiritilganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasi manfaatiga 456 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi ma‘lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101217 | Инструменты