Sirojiddin Suyunovich Boboqulov kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Tayinlovga qadar Sirojiddin Boboqulov bosh vazir kotibiyati “mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamenti Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121122 | Инструменты