Huawei 1
“Tolibon”ning qochqinlar bo‘yicha vaziri Kobulda sodir bo‘lgan portlashda halok bo‘ldi

“Tolibon” hukumatidagi qochoqlar ishlari bo‘yicha vazir Halil Ur-Rahmon Haqqoniy Kobulda sodir bo‘lgan portlashda halok bo‘ldi, deb xabar berdi Al Jazeera manbalarga tayanib.

Mahalliy OAVning xabar berishicha, 11-dekabr kungi sodir bo‘lgan mazkur portlash  yana besh kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

“Tolibon vakili qotillikni tasdiqladi”, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.

Afg‘oniston IIV rasmiylarining Associated Press’ga ma’lum qilishicha, portlash xudkush terrorchi tomonidan uyushtirilgan. Hukumatdagi manbaga ko‘ra, portlash Kobuldagi Qochoqlar vazirligi binosida sodir bo‘lgan.

“Tolibon” 2021-yilning avgust oyida Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olganidan keyin Halil Haqqoniy o‘sha yilning sentyabrida qochoqlar bo‘yicha vazir etib tayinlangan edi. Haqqoniy – “Tolibon”ga aloqador “Haqqoniy tarmog‘i” guruhi rahbari Sirojiddin Haqqoniyning jiyani.

2011-yil fevralda AQSH Adliya vazirligi Haqqoniyni maxsus ahamiyatga ega global terrorchi sifatida e’tirof etdi va uning qo‘lga olinishi uchun 5 million dollar miqdorida mukofot e’lon qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121200 | Инструменты