Huawei 1
Sobiq MXX binosi hududidagi daraxtlar boshqa hududga ko‘chirilayotgani ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Sayilgoh koʻchasida eman daraxtlari kesib olib ketilayotganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Holat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ishchi guruhi tomonidan oʻrganildi. 

Oʻrganish natijasida hududdagi 26 ta eman daraxti belgilangan tartibda boshqa hududga koʻchirib oʻtqazilayotganligi maʼlum boʻldi.

“Ayni damda 14 ta eman daraxti koʻchirib oʻtqazildi. Qolgan 12 ta daraxtni ham koʻchirish jarayoni ketmoqda, — dedi jarayonga masʼul ”Muna Mag“ korxonasi rahbari Farrux Hakimov. — Bunda barcha agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda, daraxtlar yashab ketishi uchun zarur oʻgʻitlar, ozuqa moddalari bilan taʼminlanmoqda. Boshqa hududga koʻchirilgan daraxtlar toʻliq yashab ketadi va buning uchun barcha zarur chora-tadbirlar olib boriladi”.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, bu daraxtlar koʻchirib oʻtqazilganidan keyin 3 yil davomida doimiy sugʻorish, oʻgʻitlash, ildiz tizimini oziqlantirish, hasharotlar va zararkunandalarga qarshi kurash va boshqa zaruriy ishlar amalga oshiriladi. Koʻchirilayotgan daraxtlar Toshkent viloyatidagi bogʻ uchun moʻljallangan hududga oʻtqaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga