Bugun, 14 noyabr kuni Sobiq "Ummon" guruhi a’zosi vafot etdi. Bu haqda uning do'sti, "Ummon" guruhining yana bir a'zosi Shohrux Instagram sahifasida ma’lum qildi. U suratga "Jannatlarda ko'rishguncha do'stim", deya izoh qoldirgan.
Uning o'limiga xastaligi sabab bo'lgan. Bundan bir necha kun ilgari Shoxrux Zohid do'sti bilan birga Jasurning ham dardi uchun shifo so'rab post qoldirgandi. Unda Jasur saraton kasali bilan kurashayotgani ma'lum qilingandi.
Eslatib o'tamiz, 30-sentyabr kuni guruhning solisti Zohid avariyaga uchragan. So'ng uning komadaligi ma'lum qilingan. 14-oktyabr kuni esa xonanda o'ziga kelgandan keyin jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida xabar berilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 90315 | Инструменты