2024-yilning yanvar-oktabr oylarida 156 053 ta tashkilot 20,3 trln so‘m miqdorida soliq imtiyozlaridan foydalangan.
Shu bilan birga:
- 3 333 ta korxona moliyaviy xizmatlar bo‘yicha 16,2 trln so‘mlik QQSsiz operatsiyalarni amalga oshirgan;
- 7 817 ta korxona 30 trln so‘mga yaqin miqdorida QQS "nol" stavkasini qo‘llagan.
Soliq turlari kesimida foydalanilgan soliq imtiyozi summalari:
- QQS – 9,9 trln so‘m;
- foyda solig‘i – 3,7 trln so‘m;
- ijtimoiy soliq – 2,3 trln so'm;
- yer solig‘i – 2,1 trln so‘m;
- JShODS – 1,1 trln so‘m;
- mol-mulk solig‘i – 818,9 mlrd so‘m;
- AOS – 179,4 mlrd so‘m;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 32,2 mlrd so‘m.
Xalqaro ekspertlar xulosasiga asosan, QQS bo‘yicha moliyaviy xizmatlar va nol stavka hisobi alohida yuritiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120220 | Инструменты