Huawei 1
Surxondaryoda 21 yoshli yigit bir fuqaroning plastik kartasidagi pullarini onlayn qimorga tikib, yutqazib yubordi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi fuqaro N.N. ariza bilan murojaat qilib, arizasida o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidagi jami 1 mln 262 ming so‘m pullar noma’lum shaxslar tomonidan yechib olinganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida bank kartasidagi pullarni o‘g‘irlagan shaxs Termiz tumanida yashovchi 21 yoshli fuqaro ekanligi aniqlandi.

Surishtiruv ishlari davomida, D.J. ushbu jinoyatni  N.N.ning bank kartasini “ZOOD-PAY” ilovasiga ulagan holda pullarini boshqarish huquqini qo‘lga kiritib, mablag‘larini “1xbet” onlayn tavakkalchilikka asoslangan o‘yiniga tikib yutqazib yuborganligi aniqlandi.

Ushbu fuqaroga nisbatan JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Buxoroda ayolning plastik kartasidan bildirmay pul yechib olgan erkakka jinoyat ishi qo’zg’atilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52416 | Инструменты