Huawei 1
Surxondaryoda benzindan “urib” qolayotgan AYOQSH aniqlandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi hamkorligida neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida bir qator AYOQSHlarda qoidabuzarliklar aniqlanmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan “Z.Z.O.” MCHJga qarashli AYOQShda iste’molchilarga avtobenzinni to‘la hajmda sotilishi namunaviy o‘lchagich yordamida o‘lchab ko‘rilganda ruxsat etilgan meyordan tashqari har 10 litrdan 0,100 litr kam quyilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102110 | Инструменты