Huawei 1
Yahyo Sinvarning murdasi yorib ko‘rildi

HAMAS yetakchisi Yahyo Sinvarning murdasini yorib ko‘rgan Isroil Milliy sud tibbiyoti markazi bosh patologoanatomi Chen Kugel uning o‘ldirilishi tafsilotini ma’lum qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Sinvar og‘ir jarohatlar olganiga qaramay, uning o‘limi aynan o‘q tegishi sabab olingan jarohatlar oqibatida yuz bergan.

“Bu men tanasidan topgan dalillarga asoslangan. Uning tanasida boshqa manbalardan ham jarohatlar qayd etilgan. Masalan, o‘ng bilakda raketa jarohati, chap oyoq yoki sonda qulab tushgan imorat parchalari va tanasiga kirgan ko‘plab vayrona qoldiqlari, ammo bular faqat ko‘krak qismida qayd etilgan. Ular jiddiy shikast yetkazgan, lekin o‘limning asosiy sababi — boshdagi o‘q yarasidir”, deb ta’kidladi patologoanatom.

Avvalroq Isroil tomoni Yahyo Sinvar u turgan binoga tank o‘q uzganidan so‘ng halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. Isroil armiyasi vakili voqea joyida otishma yuz bergani, shundan keyin harbiylar binoga tank snaryadini otganini aytgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102110 | Инструменты