Huawei 1
Saudiya Arabistoni ishdan haydaladigan murabbiyga 30 million yevro to‘laydi

Italiyalik murabbiy Roberto Manchini Saudiya Arabistoni terma jamoasidan chetlatilsa 25-30 million yevro oladi, deb xabar bermoqda Calcio e Finanza.

Mutaxassis bilan kelishuv 2026-yilning yoziga qadar tuzilgan, biroq saudiyaliklar hoziroq u bilan xayrlashmoqchi. Tomonlar hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Manchini bir mavsum Rossiyaning "Zenit" klubini boshqargan. U bilan birga klub 2017-18 yilgi mavsum yakunida Rossiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi.

2023-yilda Manchini Italiya termasi bilan 2024-yilgacha amal qiladigan shartnomasini bekor qildi. Uning boshchiligida Italiya terma jamoasi Yevro-2020da g‘alaba qozondi va mag‘lubiyatsiz ketma-ket 37 o‘yin o‘tkazib, jahon rekordini o‘rnatdi.

Saudiya Arabistoni terma jamoasi hozirda JCH-2026 saralash guruhida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa Yaponiya va Avstraliyadan orada qolmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102110 | Инструменты