1987 yilda tug‘ilgan o‘g‘il onasidan spirtli ichimlik isteʼmol qilish uchun pul so‘raydi. Natijada ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Bu haqda “Millar” dasturi xabar qildi.
Ish hujjatlarida aytilishicha, sudlanuvchi mast holatda uyiga kelib, onasi bilan janjallashadi va mudhish jinoyatga qo‘l uradi.
Mazkur holat yuzasidan sud ishi JIB Denov tumani sudida ko‘rib chiqildi.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi JKning 97-moddasi 2-qismi “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122117 | Инструменты