Surxondaryoda YPX xodimlari va haydovchi o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat YHXB ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 21-may kuni Muzrabot tumanidagi mahalla hududida xizmat qilayotgan YPX xodimlaridan biri harakatlanish davomida shubha uyg‘otgan Lacetti haydovchisiga to‘xtash ishorasini ko‘rsatgan.
Haydovchi esa qonuniy talabni bajarmay qochib ketgan. Shu tarzda u yaqin atrofda bo‘lgan uylarning biriga kirib qolgan. Xodimlar undan bir necha marotaba hujjatlarni so‘ragan biroq u taqdim etishni xohlamay, avtomashinadan tushib qochib ketishga uringan.
Xodimlar harakatiga shu atrofda bo‘lgan bir necha fuqarolar aralashgan. Shu sababli safdor xodim elektroshokerdan foydalanib haydovchini tinchlantirishga uringan. Navbatchilik qismidan qo‘shimcha yordam chaqirilgan.
Shundan so‘ng haydovchi ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan. Haydovchi qilmishidan pushaymon ekanini bildirgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Xodimlar harakatlari yuzasidan ham xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22022 | Инструменты