Joriy yilning 27-mart kuni soat 15:40 larda Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani “Nilu” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-107 avtomobil yo‘lining 21-kilometrida 1983 yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan fuqaro (ayol kishi) “Nexia-3” rusumli avtomobilda “Sangardak-Denov” yo‘nalishida harakatlanayotib, tezlikni meʼyoridan oshirishi oqibatida tik nishablikda boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib transport vositasi beton to‘siqqa urilgan.
Yo‘l-transport hodisasi ortidan avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.
Mazkur YTH hamda yong‘in natijasida avtomobil haydovchisi va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari voqea joyida vafot etgan.
Shuningdek, avtomobilda bo‘lgan haydovchining yana bir nafar farzandi hamda yaqin qarindoshi (avtomobil egasi) og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110804 | Инструменты