Huawei 1
Surxondaryolik cho‘pon qorovulni bo‘g‘ib, pichoqlab o‘ldirdi

Surxondaryoda cho‘ponlik bilan shug‘ullanib kelayotgan erkak qotillikka qo‘l urdi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.

Aniqlik kiritilishicha, sudlanuvchi 1967 yilda tug‘ilgan. Voqea fermer xo‘jaligida joylashgan og‘ilxonada sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi fermer xo‘jaligi qorovuli bilan tortishib qolgan va uni qasddan o‘ldirish rejasini tuzgan.

Reja asosida dastlab sudlanuvchi marhumni somon ipi yordamida bo‘g‘ib, hushidan ketkazadi va uni og‘ilxonaga olib kelib, pichoq yordamida turli darajadagi tan jarohatlari yetkazadi.

Olgan tan jarohatlari oqibatida jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan. Bundan tashqari, sudlanuvchining uyidan noqonuniy ravishda saqlanib kelgan miltiq o‘qlari ham topilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi va 248-moddasi (o‘qotar qurolning, o‘q-dorilarning, o‘qotar qurol asosiy qismlarining, portlovchi moddalarning, portlatish vositalarining yoki portlatish qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va kodeksning 59-moddasi (Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil-kesil 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11115 | Инструменты