Huawei 1
Tailandda o‘zbekistonlik ayollarni fohishalik uchun sotishda gumonlangan “Gumi xonim” qo‘lga olindi

Tailandda o‘zbekistonlik ayollarni xorijga fohishalik uchun sotishda gumonlanayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda “The Pattaya News” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 oktyabr kuni Pattaya shahrida “Miss Gumi” nomi bilan tanilgan 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi viza muddati nihoyasiga yetib, ikki kun o‘tib ketgani uchun qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, “Miss Gumi” O‘zbekistonda yosh ayollarni fohishalikka sotishni uyushtirish va unda ishtirok etgani uchun qidiruvga berilgan. Avvalroq uning sheriklari mamlakatda qo‘lga olingan, shu sababdan u Tailandga qochib ketgan.

“Gumi xonim” Tailandda sudga tortiladi. Keyin Pattaya politsiyasi uni O‘zbekistonga deportatsiya qilishdan oldin Immigratsiya byurosining hibsxonasida ushlab turish uchun Chonburi immigratsiya xizmatiga topshiradi”, deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101918 | Инструменты