Ijtimoiy tarmoqlar orqali “Salmon Lazzat” OK (Ikrom shashlikxonasi) tomonidan tegishli hujjatga ega bo‘lmagan reklama joylashtirilganligi va taomnomada maʼlumotlar xorijiy tilda taqdim etilgani yuzasidan tanqidiy murojaat qoldirilgan.
Raqobat qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan mazkur murojaat o‘rganilganda “Salmon Lazzat” OK tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 26-moddasiga zid ravishda reklama joyining pasporti mavjud emasligiga qaramay reklama tarqatilgani, shuningdek, “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi talablarini buzgan holda umumiy ovqatlanish korxonasi taomnomasida davlat tilida maʼlumot berilmagani aniqlandi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Salmon Lazzat” OKga nisbatan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi va “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunlar hamda Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish Qoidalari” talablari buzilishi alomatlari yuzasidan ish ko‘rib chiqilib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi hamda moliyaviy jarima qo‘llanildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31822 | Инструменты