Huawei 1
Tezlikni oshirish bo‘yicha belgilangan jarima o‘zgarishi haqidagi xabarlar yolg‘on bo‘lib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX inspektorining endi tezlikni belgilangan me’yordan oshirganda tortiladigan 1 barobar (375 ming so‘m) jarima 5 baravarga oshgani to‘g‘risidagi videosi tarqalgan edi. Holat yuzasidan IIBB axborot xizmati rasmiy izoh berdi. 

Boshqarma bergan maʼlumotga ko‘ra, ushbu maʼlumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu turdagi qoidabuzarlik jarimalari oshirilmagan. Axborot tarqatishda rasmiy manbalarga asoslanishni tavsiya etamiz, deya qo‘shimcha qilingan.

Yangi qonun bilan tezlik uchun jarima miqdorlari oshirilgani yo‘q. Hozirda belgilangan tezlikdan 20 gacha oshirilsa — 1 baravar, 40 gacha oshirilsa — 5 baravar, 40 dan oshirilsa — 9 baravar miqdorida jarima to‘lanadi.

Bundan avval O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinishi belgilangani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22418 | Инструменты