Prezident farmoniga binoan To‘lqinjon Mansurov "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi.
Oqqo‘rg‘on tumani "Qahramon" MFY hududida yashovchi To‘lqinjon Mansurov tomorqasida turli sabzavot yetishtirayotgan, mahalladoshlariga dehqonchilik sir-sinoatlarini o‘rgatayotgan, peshona teri evaziga to‘kin-sochin, osoyishta va obod turmush kechirayotgan oilalardan biri.
Xonadon egasi maktabda o‘qituvchi. Ishdan bo‘sh vaqtlarida 10 sotixli tomorqasida ixcham issiqxonalar tashkil etib, yiliga uch marta hosil olish imkoniyatini yaratdi. Tomorqasida sabzavotchilik, chorvachilik, asalarichilik, urug‘chilik va kartoshkachilik yo‘lga qo‘yilgan. Yetishtirgan mahsulotlarini "FOOD CITY" hamda poytaxt bozorlariga chiqaradi.
Hozirda 17 qutida asalarilar boqib, yiliga 280-200 kg toza asal oladi. Bir so‘z bilan aytganda, oilaning yillik sof daromadi 280-300 million so‘m.
"Usta dehqon" tamoyili asosida 25 ta xonadonga asalarichilik, 80 ta xonadon tomorqasiga sabzi yetishtirish bo‘yicha shartnoma bilan agronom sifatida biriktirilgan. Mahalladoshlariga kichik tomorqadan ham katta daromad olish sirlarini o‘rgatmoqda.
Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida qahramonimiz mehnatlari "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31820 | Инструменты