Toshkent davlat stomatologiya instituti va Rossiyaning MONIKI instituti o‘rtasida shartnoma imzolandi
Toshkent davlat stomatologiya instituti Rossiya Federatsiyasining yetakchi klinik-tadqiqot instituti MONIKI bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.
MONIKI instituti 175 yillik tarixga ega bo‘lib, shifokorlar malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlash, ilmiy-tadqiqot izlanishlarini o‘tkazish, ilg‘or innovatsion davolash-tashxislash usullarini ishlab chiqish va tadbiq etishda yetakchilik kilmoqda.
Mazkur hamkorlikdan kutilayotgan natija deb quyidagilarni e’tirof etish mumkin:
- Respublika tibbiyot-sanitariya muassasalari uchun yuqori malakali tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlar tayyorlash va uzluksiz kasbiy ta’lim bilan to‘liq qamrab olishni ta’minlashni tashkil etish;
- uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonlariga o‘qitishning kredit-modul tizimini joriy etish;
- tibbiyot sohasi ilm-fanini, shuningdek sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsiyalarni jahon darajasigacha rivojlantirish, ularni global ilmiy maydonga integratsiya qilinishini ta’minlashdan iborat.
Modernizatsiyalash jarayonlari, ta’lim va fan sohasidagi amaliy faol xalqaro hamkorlik hamda uni amaliyotga joriy qilish integratsiyalashuvsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Toshkent davlat stomatologiya instituti ham ta’lim va fan sohasida jahon talablariga mos ravishda yuqori malakali va raqobatbardosh tibbiyot kadrlarini tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12709 | Инструменты