Huawei 1
Toshkent IIBB tilanchi ayolning idoraga majburan keltirilgani yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroning IIO xodimlariga qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 11-mart kuni taxminan soat 21:30 larda Mirobod tumani hududida 1989-yilda tug‘ilgan (muqaddam bir necha marotaba O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47, 161, 183, 188 prim.3-moddalari bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan) X. A. o‘zining uch nafar voyaga yetmagan farzandlaridan (2015 yilda tug'ilgan, 2020 yilda tug'ilgan, 2022 yilda tug'ilgan) foydalanib, ularning sog‘lom hayot kechirishi, ta’limga jalb qilinishini ta’minlamasdan, tilanchilik bilan shug‘ullanganligi aniqlangan.

Mazkur huquqbuzarlikni to‘xtatish va qonuniy chora ko‘rish maqsadida PPX xodimlari ushbu ayolni yaqin oradagi IIB ga taklif qilishgan. Biroq fuqaro ichki ishlar organlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzishgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan fuqaro X.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”), 188 prim. 3-moddasi (“Tilanchilik qilish”) va 194-moddasi (“Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Uch nafar voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Videotasvirda aks etgan holatda xodimlarning harakatiga baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31412 | Инструменты