Huawei 1
Toshkent shahrida erkak 3 yashar bolani qasddan o‘ldirdi

Toshkent shahrida erkak 3 yashar bolani qasddan o‘ldirdi. Bu haqda Uzreport.news manbasiga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi. 

Qayd etilishicha, 9-iyul kuni Yashnobod tuman, Yakkatol ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda ijara asosida yashab kelayotgan 1993-yilda tug‘ilgan erkak, ushbu manzilda qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayol bilan kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida, ayolning birinchi turmushidan 2021-yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga o‘tkir tig‘li jism (pichoq) bilan bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan. 

Bola shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты