Oqibatda u lavozimidan ozod qilindi
Kuni kecha ishtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumanidagi "Armug‘on" mahallasi raisi tomonidan fuqaro kamsitilgani hamda kaltaklaganligi haqida videolavha tarqaldi.
Tuman hokimligi Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bugun "Armug‘on" mahalla guzarida holat bo‘yicha Yakkasaroy tuman hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari O.Rixsiboyev, tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvatlash bo‘limi boshlig‘i I.Xaitxodjayev hamda tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvatlash bo‘limi boshlig‘inining maslahatchisi T.Sayfullayevlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
A’zam Qodirov o‘zining bajarayotgan vazifasiga nomunosib xatti-harakatlarni amalga oshirgani uchun 2022-yil 28-noyabrdan "Armug‘on" mahallasi raisi lavozimidan ozod qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12708 | Инструменты