Toshkent shahridagi 131-sonli avtobus yo‘nalishi Magistral avtobus yo‘nalishi sifatida tashkil etilmoqda
Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan Toshkent shahridagi muntazam avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich o’tkazish maqsadida, 2023-yil 1-iyun kunidan boshlab:
- 131-sonli “Do‘stlik 2-mavzesi - Olimpiya mavzesi” oralig'ida magistral avtobus yo‘nalishi tashkil etilmoqda.
Yo'nalish “Do‘stlik 2-mavzesi - Olimpiya mavzesi” oralig'ida King Long rusumdagi o'ta katta sig'imli avtobuslar 17 ta jadval asosida 9 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21907 | Инструменты