Huawei 1
Toshkent shahridagi maktab o‘quvchilarining 2 nafarida sil aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtdagi umumtaʼlim maktablaridan birida sil kasalligi aniqlangani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Sog'liqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirdi

Aniqlanishicha, Shayxontohur tumanidagi 59-sonli umumtaʼlim maktabining 11-sinf o‘quvchisi M. S. 2024-yilning 26-dekabrida Toshkent shahar 3-son ftiziatriya dispanseriga murojaat qilgan.

Bemorning opasi M. D.ning so‘zlariga ko‘ra, singlisi M. S. so‘nggi oylarda tez-tez betob bo‘lgan. Davolanish uchun faqat xususiy klinikaga murojaat qilgan. Oxirgi marta LOR-shifokor ko‘rigidan keyin 3-son ftiziatriya dispanseriga yuborilgan.

Dispanserda o‘tkazilgan rentgenografiya tekshiruvi natijasida unga “O‘ng o‘pka yuqori bo‘lagi yallig‘langan sili, yemirilish davri, BK +” tashxisi qo‘yilgan va bemor darhol Toshkent shahar bolalar sil kasalliklari shifoxonasiga yotqizilgan.

M. S. bilan uyda muloqotda bo‘lgan 6 kishi (2 nafari 6 yoshgacha bolalar) 2024-yil 27-dekabrda 3-son ftiziatriya dispanserida rentgen tekshiruvidan o‘tkazilgan va ularda faol sil kasalligi aniqlanmagan.

Shuningdek, M. S. bilan muloqotda bo‘lgan va kasallik yuqtirish xavfi mavjud 59-sonli umumtaʼlim maktabi va bemor qo‘shimcha darsga qatnagan xususiy o‘quv maktabi o‘quvchilari va o‘qituvchilari Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi nazorati ostida 3-son ftiziatriya dispanserida rentgenografiya va diaskin test tekshiruvlaridan o‘tkazilgan.

Tekshiruvlar davomida 1 nafar o‘quvchi (2008-yilda tug‘ilgan A. A., bemor M. S.ning yaqin dugonasi)da “O‘ng o‘pka yuqori bo‘lagi o‘choqli sili” BK abs aniqlanib, u shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, 3 nafar o‘quvchi — A. A., R. M. va E. D. va 1 nafar o‘qituvchi B. U.larda kasallikka moyillik aniqlangani sababli profilaktik davo muolajalari boshlangan.

Aniqlangan kamchiliklarlar yuzasidan Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan 59-sonli umumtaʼlim maktabi direktoriga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Bugungi kunda 59-sonli umumtaʼlim maktabida davlat dasturi asosida kapital rekonstruksiya ishlari olib borilayotgani sababli ushbu taʼlim muassasasining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 115-umumtaʼlim maktabida, yuqori sinf o‘quvchilari esa tumandagi 82-sonli umumtaʼlim maktabida o‘qishni davom ettirmoqda.

Joriy yil 21-yanvarda 82-sonli umumtaʼlim maktabida tegishli zararsizlantirish va dimlash tadbirlari takroriy olib borildi. 2025-yil 22-yanvar kuni esa yalpi tozalash va shamollatish tadbirlari o‘tkazildi.

Shuningdek, 115-sonli umumtaʼlim maktabida ham 23-yanvar kuni tegishli zararsizlantirish va dimlash tadbirlari takroriy tashkil etildi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekiston xalqi uchun 14 mln dollar ajratgani haqida xabar berilgan. Mazkur mablag‘ sil, epidemiya va pandemiya tahdidlari, biznes va xususiy sektorni mustahkamlash kabi sohalarga sarflanishi qayd etilgan. 

Maqola muallifi: I. Farhodova

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12418 | Инструменты