Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentdagi 208-maktab qachondan buyon pullik bo'ldi?” sarlavhasi bilan chop etilgan xabarga Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, poytaxtdagi barcha davlat umumta'lim maktablarida darslar to'liq bepul o'tiladi. Faqatgina har bir ta'lim muassasasida byudjetdan tashqari mablag' topish maqsadida o'quvchilarga darsdan keyin Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-apreldagi 343-sonli qaroriga binoan shartnoma asosida pullik qo'shimcha to'garaklar hamda mashg'ulotlar o'tish, kuni uzaytirilgan guruhlar faoliyatlari yo'lga qo'yilgan.
Jumladan, Mirzo Ulug'bek tumanidagi 208-sonli umumta'lim maktabida ham ayni paytda yuqoridagi qaror asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabda an'anaviy darslar bepul olib boriladi. Ota-onalarning istak-xohishlariga ko'ra, ta'lim maskanida maktab bilan tuzilgan o'zaro shartnoma asosida qo'shimcha darslar, to'garaklar, kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil etilgan. Ota-onalar Kuzatuv Kengashi hamda maktab ma'muriyati kelishuviga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 343-sonli Qarori ijrosi ta'minlab kelinmoqda.
Maktab pedagoglar jamoasi an'anaviy dars soatlarini yuqori saviyada olib borish uchun bor tajriba va mahoratini ishga solishmoqda. Ta'lim muassasida o'quvchilar to'diq bepul darsliklar bilan ta'minlangan. Maxsus kompyuterlashtirilgan xonalar, kutubxona, sport zallari va oshxona ularning ixtiyorida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120501 | Инструменты