Huawei 1
Toshkent shahriga to‘rtta kirish darvozasi quriladi

Toshkent shahriga to‘rtta kirish darvozasi quriladi. Ularning dizayni bo‘yicha tanlov e’lon qilindi. Bu haqda Toshkent Invest kompaniyasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, darvozalar Rohat, Bektemir, Erkin va Uchqahramon postlarida quriladi.

Toshkent Invest kompaniyasi tanlov barcha uchun ochiq ekanini bildirdi. Arizalar 7 noyabrgacha qabul qilinadi. Ta’kidlanishicha, tanlov YuNESKO tavsiyalariga muvofiq o‘tkaziladi va g‘oliblar 30 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha taqdirlanadi.

Darvozalarning qurilishi shu yilda boshlanishi rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103101 | Инструменты