Huawei 1
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

O'zbekistonga o‘tish uchun “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaro harakatlari bojxona xodimlarining diqqatini tortdi va shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Shaxsiy ko‘rik natijasida fuqaroning oyog‘i va ichki kiyimlariga skotch bilan o‘rab yashirilgan umumiy og‘irligi 450 gramm zargarlik buyumlarini fosh etildi.

Dastlabki hisob kitoblarga zargarlik buyumlarining qiymati 380 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona to‘lovlarisiz, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatgan holda umumiy og‘irligi 65 grammdan ko‘p bo‘lmagan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103021 | Инструменты