Huawei 1
Saida Mirziyoyeva Marokashda “Fashion Trust Arabia” mukofotlarini topshirish marosimida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Marokashda “Fashion Trust Arabia” mukofotlarini topshirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident yordamchisi o'z sahifasida ma'lum qildi.

"Shayx Ol-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy hazrati oliyalarining taklifiga binoan Marokashda “Fashion Trust Arabia” mukofotlarini topshirish marosimida ishtirok etdim. Yaqin Sharqdagi yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu nufuzli tadbir kreativ industriya xalqaro maydonda o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etayotganining yorqin namunasi bo‘ldi.

Marosimda qatnashish moda sohasining yetakchi vakillari bilan uchrashish va eng iqtidorli dizaynerlarga mukofotlar topshirilishining guvohi bo‘lish imkonini berdi.

Marokash malikasi Lalla Hasnaga mehmondo‘stligi uchun, Shayx Ol-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniyga esa unutilmas taassurotlarga boy ushbu kunlarni baham ko‘rgani uchun samimiy minnatdorligimni bildiraman", - deya yozgan u

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103021 | Инструменты