Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i Tohir Aripovga “General-mayor” unvoni berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Aripov Tohir To‘lqinovichga “General-mayor” maxsus unvoni berildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati rahbari xabar berdi.
Tohir Aripov 2018-yilning 15-oktabridan beri Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Bunga qadar u 2017-yilning iyulidan 2018-yil mayigacha IIV Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21907 | Инструменты