Toshkent viloyatida 17 yoshli yigit kanalda cho‘kib ketdi. Maʼlum qilinishicha, o‘smir 2007-yil 3-avgust kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Holat esa Chirchiq shahridagi kanalda yuz bergan. Bu haqda “Millar” dasturi xabar qildi.
"Bolam 6 kundan beri yo‘q. Chirchiq shahridagi futbol maktabida o‘qir edi. O‘sha yerda o‘qib, o‘sha yerda trenirovkasini qilardi. Trenerlari 2-3 ta bolani yetaklab, taqiqlangan joyga olib borib cho‘miltirgan. Nega ular bunday beso‘roq olib chiqib ketadi?", - deydi yigitning onasi.
Toshkent viloyati FVB Axborot xizmati rahbari Rustam Alimovning maʼlum qilishicha, hozirda viloyat FVBning g‘avvos qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, suvda qidiruv-qutqaruv ishlariga qo‘shimcha kuch sifatida FVVning respublika qutqaruv markazi tomonidan ham g‘avvos qutqaruvchilari jalb qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты