Huawei 1
Toshkent viloyatida 2 ta AYOQSHda avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmaslik holati aniqlandi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi hamkorligida Toshkent viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida AYOQSHlarda qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.

Xususan, Chirchiq shahrida joylashgan “N.R.S.” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda AI-95-rusumli avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.

Shuningdek, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “D.” MChJga qarashli AYOQShda ham bu kabi holat aniqlandi hamda nostandart
yelim idishlarga qoidalarga zid ravishda avtobenzin sotilishi ham ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103015 | Инструменты