Huawei 1
Qozog‘istonda telefon raqamlari hukumat portali orqali berilishi joriy etiladi

Qozog‘istonda telefon raqamlarini faqat hukumat portali orqali berish joriy etilishi rejalashtirilmoqda, deb yozadi Zakon.kz

Mamlakat Raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri o‘rinbosari Asxat Orazbekning so‘zlariga ko‘ra, ushbu chora telefon orqali firibgarlikka qarshi kurashish maqsadida ishlab chiqilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Raqamli rivojlanish vazirligi yaqin kelajakda tegishli qonunchilik tashabbuslarini taqdim etadi. 

“Hozirda aloqa operatorlari foydalanuvchilarga raqamlar va SIM-kartalarni berishadi. Biz raqam rejasini davlatga qaytaramiz, fuqarolar esa elektron hukumat portali yoki eGov mobil ilovasi orqali uyali yoki shahar telefon raqamini oladi. Bundan tashqari, biz SIM-kartalar sonini har bir jismoniy shaxsga cheklaymiz. Va endi SIM-kartalarni tijorat maqsadlarida foydalanish uchun nazoratsiz oladigan yuridik shaxslar esa har bir raqam uchun undan foydalanishni oqlashlari kerak bo‘ladi”, dedi vazir o‘rinbosari Qozog'iston Majilisi yig‘ilishida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101618 | Инструменты