11-fevral kuni tungi vaqtda Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya, Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi va viloyat IIB va boshqa masʼul tashkilotlar xodimlari hamda OAV va blogerlar ishtirokida Toshkent viloyatining Toshkent shahriga tutash hududlaridagi issiqxonalar faoliyati oʻrganildi.
Bunda 70 nafar xodimdan iborat 6 ta ishchi guruh tuzilib, Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlaridagi 40 dan ortiq issiqxona faoliyati koʻzdan kechirildi. Oʻrganish davomida ayrim issiqxonalar atmosferaga meʼyoridan ortiq zararli moddalar chiqarayotganligi, filtr oʻrnatilmaganligi va boshqa huquqbuzarlik holatlari aniqlandi. Natijada 26 ta issiqxonaga ogohlantirish berildi va 2 ta issiqxona egasiga belgilangan talablarni bajarmaganligi yuzasidan maʼmuriy jarima jazosi qoʻllanildi.
Bugungi kunga qadar jami 630 ta issiqxonada oʻrganish, tushuntirish va profilaktika tadbirlari olib borildi.
Issiqxonalarning 396 tasi faoliyat yuritayotganligi va 234 tasi (Zangiota tumanida 77 ta, Qibray tumanida 12 ta, Toshkent tumanida 24 ta, Yunusobod tumanida 108 ta, M.Ulugʻbek tumanida 1 ta, Yashnabod tumanida 9 ta, Bektemir tumanida 3 ta) mavsumiy boʻlganligi, yaʼni qozonxonasi yoʻqligi sababli ish faoliyatida emasligi aniqlandi.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan oʻrganish davomida isitish mavsumi davomida issiqxonada dudburondan foydalanish qoidalarini buzgan jami 58 ta issiqxona egalariga maʼmuriy jarimalar qoʻllanildi, 103 tasining faoliyati toʻxtatildi, 396 ta faoliyat yuritib kelayotgan issiqxonalar egalariga ekologik talablariga javob beradigan chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish, rezina qoldiqlari va boshqa chiqindilardan yoqilgʻi sifatida foydalanmaslik yuzasidan ogohlantirish koʻrsatmalari berildi.
Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21316 | Инструменты