Huawei 1
Germaniya sudi ukrainalikni vataniga ekstraditsiya qilishga ruxsat berdi

Germaniya federal sud palatasi (BGH) harbiy xizmatdan vijdonan voz kechish jinoyat ishida ekstraditsiya qilish uchun mutlaq to‘siq bo‘lolmaydi, degan qarorga keldi. Tegishli qaror 12 fevral, chorshanba kuni Ukraina fuqarosini o‘z vataniga ekstraditsiya qilish ishida qabul qilindi.

Sud tushuntirganidek, bu ekstraditsiya qilinishi kerak bo‘lgan mamlakat xalqaro huquqni buzgan holda qurolli hujumga uchragan holatlarga taalluqlidir, shuning uchun bunday sabablarga ko‘ra harbiy xizmatni o‘tashdan bosh tortish huquqi kafolatlanmaydi.

Vatanida qidiruvda bo‘lgan ukrainalik vijdoni unga qo‘liga qurol olishga yo‘l qo‘ymayotganini aytgan

Qaror Ukraina fuqarosiga tegishli bo‘lib, ukrainalik tergovchilar uni huquq-tartibot organi xodimini haqorat qilish, tahdid qilish va jismoniy tajovuzda ayblamoqda. Ukraina tomoni jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasiga muvofiq uning ekstraditsiya qilinishini talab etmoqda, deb yozadi dpa agentligi.

Federal sud palatasiga ko‘ra, sudlanuvchi Ukrainada besh yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Biroq, u o‘z vatanida harbiy xizmatga chaqirilishidan va katta ehtimol bilan jang qilishdan qo‘rqyapti. Uning aytishicha, xizmat paytida qo‘liga qurol olib, kimnidir o‘ldirishi mumkin, degan fikr uning vijdoniga zid keladi.

Ta’kidlanganidek, ukrainalikning ishi dastlab Drezden Oliy yer sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan. Biroq u yerdagi sudyalar ta’qibga uchragan shaxsning ekstraditsiya qilinishi Germaniya huquq tizimining asosiy tamoyillariga zid kelmasligiga ishonch hosil qilishmagan, shuning uchun ish oliy sud organiga yuborilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21318 | Инструменты