Huawei 1
Toshkent viloyatidagi YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

17-mart kuni soat 06:30larda Piskent tumani hududidan o‘tgan “Toshkent -Bekobod“ avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasi (dastlabki maʼlumotga ko‘ra haydovchisi uxlab qolishi natijasida) qarama qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Natijada “Isuzu” avtomobili bilan to‘qnashib yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisada yuk transport vositasi haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

Zudlik bilan voqea joyiga Toshkent viloyati SSB malakali tibbiy xodimlari, viloyat IIBB, FVB va boshqa tashkilot masʼullari jalb etilib, YTHning barcha ishtirokchilariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va shifoxonaga yetkazildi.

Voqea yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish va zaruriy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Surxondaryoda YTH oqibatida 8 yoshli o‘quvchi qiz vafot etgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31816 | Инструменты