Huawei 1
Toshkent xalqaro aeroportida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratilmoqda

Toshkent xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus jihozlarni o‘rnatish boshlandi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Bunda poytaxt aeroportining uchib kelish va uchib ketish zallari ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi shaxslar uchun qulay muhitni tashkil etish uchun tiflotexnik vositalar, barcha toifadagi nogironlar foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot vositalari (Brayl alifbosi, audioyozuvlar, ko‘rish va eshitish qobiliyati zaiflar uchun maxsus vositalar, surdo-tarjimon, maxsus videolar uchun ekran), taktil piktogrammalar va indikatorlar, tovush va taktil mimik diagrammalar, shuningdek, yordam chaqirish tugmalari bilan jihozlanmoqda.nogironlar, тошкент аyerопортиTaktil yer belgilari passiv texnik signalizatsiya vositalari bo‘lib, xavfsiz yo‘nalishlarni, ularning boshlang‘ich nuqtalarini va yo‘nalishning o‘zgarishini ko‘rsatish, shuningdek, ko‘rish qobiliyati zaif odamlarni terminallar va uning atrofidagi yo‘nalishlardagi to‘siqlar va xavfli joylar haqida ogohlantirish uchun qo‘llaniladi.

Aeroport terminallariga kirish joylarida yordam chaqirish tugmalari ham o‘rnatiladi — imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar yoki qo‘shimcha yordamga muhtojlar yo‘lovchilarga kerakli yordamni ko‘rsatish uchun zarur jihozlar (nogironlar aravachasi, zambil va boshqalar) bilan qurollangan aeroport xodimlarini chaqirishlari mumkin bo‘ladi. nogironlar, тошкент аyerопортиKompaniya xabariga ko‘ra, mazkur chora-tadbirlar prezidentning 2024-yil 18-iyuldagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122121 | Инструменты