Huawei 1
Toshkent xalqaro aeroportida noqonuniy tarzda 12 bosh butaqushlarni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston faunasida mavjud bo‘lmagan qushlarni yashirin olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, Vyetnamning Kamran shahridan uchib kelgan yo‘lovchilardan birining bagaji  belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida maʼlum qilinmagan, tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan 12 bosh qushlar borligi maʼlum bo‘ldi.

Meva qutisi orasiga yashirilgan, saqlash va tashish qoidalariga rioya qilinmagan tarzda olib kelingan sariq va oq bo‘yinli butaqushlar hozirgi holatini mutaxassislar salbiy baholashmoqda. Jumladan qushlardan 3 boshi nobud bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan tekshiruvlar davom ettirilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra qushlarning umumiy qiymati taxminan 60 mln so‘mdan oshmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92419 | Инструменты