Huawei 1
Toshkentda 110 tezlikda harakatlangan Olimpiada chempioni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevga chora ko'rildi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqda Parij Olimpiadasi g‘olibi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev prezident tomonidan sovg‘a qilingan Tahoe avtomobilini shahar hududida ruxsat etilganidan ancha katta – 110 km/S tezlikda boshqargani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB rasmiy munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, tezlikni belgilangan meʼyorlardan oshirib harakatlangan Tahoe avtomashinasi haydovchisiga chora ko‘rilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan haydovchi — 2001-yilda tug‘ilgan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128-prim 3-moddasi 3-qismiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92419 | Инструменты